Bogdan Planić




Bogdan Planic (Serbian Cyrillic; 1992-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, „Shabab Al Ahli“ da himoyachi sifatida top suradi.

Klub faoliyati



Titovo Uzice shahrida tugʻilgan Planic 2011-yil qishki transfer oynasida Serbiya SuperLiga klubi „Sloboda Ujitse“ga oʻtishdan oldin „Drina Zone League“ dagi „Zlatibor Chajetina“ da ish boshlagan. Keyingi qishda u Serbiya ligasining Belgrade jamoasi „Žarkovo“ ga oʻtdi. 2012-yilning yozida Planic oʻz shahriga qaytib keldi va Serbiyaning birinchi liga klubi „Jedinstvo Užice“ ga qoʻshildi.

Ikki yarim yillik shartnoma



Planic OFK Beograd jamoasida oʻynab, 2013-2014-yilgi mavsumda Serbiya Superligasining eng yaxshi jamoasi deya topilganva 2014-yilning iyulida „Srvena Zvezda“ ga oʻtishini taʼminladi. Biroq, u atigi olti oydan keyin OFK Beogradga qaytgan. 2016-yilning iyul oyida Planic „Vojvodina“ bilan ikki yarim yillik shartnoma imzoladi. U 2016-2017-yilgi mavsumda liganing eng yaxshi oʻn birligida ikkinchi tanlovini qoʻlga kiritgan.

FCSB klubiga oʻtishi



2017-yilning avgustida, koʻp muzokaralardan soʻng, Planic chet elga Ruminiyaning FCSB klubiga koʻchib oʻtib ketadi va u yerda jamoaning eng hurmatli oʻyinchilaridan biriga aylanish ulgiradi, baʼzan esa uni xattoki sardor etib tayinlashdi.

Chempionlar ligasi



2020-yil 6-sentyabrda Planic Isroilning „Maccabi Haifa“ klubiga kelib, 2 yillik shartnoma imzoladi. U klub safidagi debyutini UEFA Yevropa ligasi saralashi doirasidagi "Kairat Almaty" ga qarshi o‘yinda o‘tkazadi va 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlab oladi. U ligadagi debyutini Tel-Avivning „Maccabi“siga qarshi 2:2 hisobida oʻtkazdi. U klubdagi ilk golini 2020-yil 22-dekabr kuni 2:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan „Bnei Yehuda“ ga qarshi o‘yinda kiritdi. Planic tezda asosiy oʻyinchiga aylanib olgan edi va klubga 10 yildan soʻng 2020-2021-yilgi Isroil Premer-ligasi chempionligini qoʻlga kiritishiga yordam berdi. 2020-2021-yilgi mavsumda Planic va klub ketma-ket ikkinchi chempionlikni, shuningdek, Toto kubogi va Isroil superkubogini qoʻlga kiritdi. 2022-yil 24-avgustda Planich va Maccabi Haifa pley-offda Planichning sobiq klubi „Srvena Zvezda“ ni mag‘lub etib, klub tarixida 3-marta UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma oldi.

2022-yil 26-avgustda, „Maccabi Haifa“ UEFA Chempionlar Ligasiga yo‘llanma olganidan bir necha kun o‘tib, Planic „Shabab Al Ahli“ bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Xalqaro faoliyati



2014-yilning may oyida Planich ikki marta Serbiya U21 terma jamoasi safida Isroil va Avstriyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida zaxiradan maydonga tushdi.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz