BOG’BEKOV SAFO



BOG’BEKOV SAFO (1903, Xiva 1978) — xivalik yog’och o’ymakori, Xiva badiiy o’ymakorlik maktabi vakili. Otasi usta Bog’bek Abdurahmonov va o’ymakor usta ota Polvonovdan hunar o’rgangan. Bog’bekov an’anaviy islimiy naqshni rivojlantirdi. Jamoat va turar joy binolari uchun o’yma naqshli eshik, ustunlar, namoyonlar, badiiy buyumlar (quticha, lavh va boshqalar) tayyorlagan. Navoiy teatri foyelari eshiklari (1945— 46, hamkorlikda), Urganch temir yo’l vokzali binosi eshiklari (1951-52) ni badiiy o’yma naqshlar bilan bezagan, “O’zbekiston” teploxodi ichki bezaklari (1970) va Urganchdagi “Inturist” mehmonxonasi tantanalar zali (1974) uchun namoyonlar yaratgan. Ko’plab shogirdlar tayyorlagan. 18-19-asrlar Xiva me’moriy obidalarini ta’mirlashda qatnashgan. Bog’bekov ishlaridan namunalar muzeylar (Toshkent, Moskva, Sankt Peterburg va boshqalar) da saqlanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz