BOGAZAR TOG’I



BOGAZAR TOG’I — Qashqadaryo viloyatidagi tog’. Hisor tizma tog’lari tarkibiga kiradi. Eng baland joyi — Chovurtkali cho’qqisi, 2098 metr. Uzunligi 10-12 kilometr. Bogazar tog’i Janubi g’arbdan shimoli sharqqa yo’nalgan. Uning janubiy sharqiy yon bag’irlari kichik O’radaryo vodiysiga ancha qiya, ba’zi joylarda tik tushgan, shim.g’arbiy yon bag’irlari esa yotiqroq. Suvayirg’ich qismi yassi. Tog’yon bag’irlaridagi buloqlardan boshlanuvchi soylar kichik O’radaryo tomon oqadi. Bogazar tog’i yura, bo’r va paleogenning cho’kindi jinslari (qumtosh, gil, konglomerat, alevrolit, ohaktosh)dan tashkil topgan. Yon bag’irlaridagi jigarrang tuproqlarda qizilarcha va saurarcha, zarang, bodom keng tarqalgan. Archazorlar ostida bug’doyiq, shuningdek uchqat (Shilvi), oqxargul va boshqalar o’sadi. Bogazar tog’i yozgi yaylov.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz