Bo'gajili




Boʻgajili , Bogʻajeli — Nurota togʻ etaklarida yashovchi oʻzbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular "olti ota boʻgajili" deb ham atalgan. B. oʻtmishda — qoʻshtamgʻali, oʻrda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa boʻlingan. V. Radlov B.larni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va 19-asr oʻrtalarida Zarafshon vodiysining markaziy qismi shim.da, Nurota togʻlarida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urugʻ: qozoyogʻli, qanjigʻali va byogyoshyolyu boʻlganligini, shulardan qanjigʻali va B. uysun qabilasiga mansub boʻlib Katta Oʻrda qozoqdari bilan qabiladosh boʻlganlarini qayd etib oʻtadi.

Adabiyotlar



Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz