BO’GAJILI, bog’ajeli —Nurota tog’ etaklarida yashovchi o’zbek va turkmanlar tarkibiga kirgan qabilalardan biri. Ular “olti ota bo’gajili” deb ham atalgan. Bo’gajili o’tmishda — Qo’shtamg’ali, O’rda, yastavon, chasgash, jaman, jayparli kabi bir necha uruqqa bo’lingan. V. Radlov Bo’gajililarni byogyoshyolyu, byugyoshyulyu deb ataydi va 19-asr o’rtalarida Zarafshon vodiysining Markaziy qismi shimolda, Nurota tog’larida yashagan turkmanlar tarkibida uchta urug’: qozoyog’li, qanjig’ali va byogyoshyolyu bo’lganligini, shulardan qanjig’ali va Bo’gajili uysun qabilasiga mansub bo’lib katta O’rda qozoqdari bilan qabiladosh bo’lganlarini qayd etib o’tadi. Ad..Radlov V. V., Iz Sibiri, M., 1989.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish