Bog' sayli




Bogʻ sayli  — bahor, yoz va kuz fasllarida tashkil etiladigan oʻzbek mehmondorchiligi turlaridan biri. Mezbon (bogʻbon)ning boqqa mehmon chaqirishi yoki mehmonlarning oʻzi (qarindoshurugʻ, yoru birodar, hamkasblar) tashrif buyurishi bilan Bogʻ sayli boshlanadi. Bogʻ sayli mehmondorchiligi ikki mazmunga ega: biri — tabiat goʻzalliklari, mevacheva, gullarning muattar hidi, toza havodan bahramand boʻlish, ikkinchisi — bogʻdorchilik ishlari: tok ochish, bogʻ tozalash, meva yigʻish, qoqi solish kabi yumushlarda koʻmaklashish. Bogʻ sayli da odamlar maroqli dam olish bilan birga foydali ish ham qilishadi. Bu marosimda turli taomlar tayyorlanadi. Yozgi va kuzgi Bogʻ sayli paytida har bir mehmon nozu neʼmatlarni „oʻz qoʻli bilan“ uzib tanovul qiladi. Bogʻ sayli oʻzbek xalqining eng yaxshi anʼanalaridan biri.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz