BOG’ SAYLI



BOG’ SAYLI — bahor, yoz va kuz fasllarida tashkil etiladigan o’zbek mehmondorchiligi turlaridan biri. Mezbon (bog’bon)ning boqqa mehmon chaqirishi yoki mehmonlarning o’zi (qarindosh-urug’, yoru birodar, hamkasblar) tashrif buyurishi bilan Bog’ sayli boshlanadi. Bog’ sayli mehmondorchiligi ikki mazmunga ega: biri — tabiat go’zalliklari, meva-cheva, gullarning muattar hidi, toza havodan bahramand bo’lish, ikkinchisi — bog’dorchilik ishlari: tok ochish, bog’ tozalash, meva yig’ish, qoqi solish kabi yumushlarda ko’maklashish. Bog’ saylida odamlar maroqli dam olish bilan birga foydali ish ham qilishadi. Bu marosimda turli taomlar tayyorlanadi. Yozgi va kuzgi Bog’ sayli paytida har bir mehmon nozu ne’matlarni “o’z qo’li bilan” uzib tanovul qiladi. Bog’ sayli o’zbek xalqining eng yaxshi an’analaridan biri.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz