Bogʻ Malhami




Bogʻ malhami — daraxtning payvandlangan, kesilgan va mexanik shikastlangan joyiga surkaladigan malham (zamazka). Bogʻ malhami ni xonaki usulda va tez tayyorlash usullari: a) qizdirilgan 1000 g nigrolga 300 g elangan yogʻoch kuli qoʻshiladi va eng arzon malham olinadi; b) alohida eritilgan 1000 g parafinga 1000 g kanifol maydalab qoʻshiladi. Soʻngra 1000 g nigrol qizdirilib unga sekin-asta eritilgan parafin va kanifol quyiladi; v) 0,25 l alifmoy kizdiriladi, unga 1000 g maydalangan kanifol qoʻshiladi. Boshqa idishda 5000 g parafin suyultiriladi va unga kanifolli alifmoy qoʻshiladi. Ishlatishdan avval malham ilitiladi. Hozirgi sanoatda ishlatishga tayyor Bogʻ malhami ham ishlab chiqariladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz