BOG’ INVENTARI
BOG’ INVENTARI — meva daraxtlarini o’stirish va bog’ni parvarishlashda ishlatiladigan asbob-anjomlar. Bog’ inventari qo’lda ishlatiladigan (ketmon, belkurak, tok qaychi, panshaxa, chelak, payvand pichoqlari, arra, narvon, savat va boshqalar) hamda motor kuchi bilan ishlaydigan asboblar (nasosli purkagichlar, changlatgichlar, kultivatorlar, o’t o’radigan, o’g’it soladigan moslamalar va boshqalar)ga bo’linadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz