Bofort shkalasi nima?



O’z umri davomida ko’plab kemalar halokatining shohidi bo’lgan ingliz admirali Frensis Bofort 1806 yili shamol kuchining quruqlik ob’yektlari va dengiz to’lg’onishiga ta’sirini baholaydigan shkala o’ylab topdi. 12-balli Bofort shkalasi o’ta dolzarb ixtiro edi. Chunki dengizchilar dengizga chiqishdan oldin qaysi shamolni kuchli, qaysisini dovul deb hisoblashda bir qarorga kelisha olmas edi. Chunki “kuchli” so’zini har kim o’zicha tushunadi. Bofort shkalasi bo’yicha esa: 0 ball — sokinlik, 3 ball — shabada (bayroq hilpiray boshlaydi), 6 ball — kuchli shamol (daraxtlarning shoxi sinadi), 10 ball — shtorm (shamol daraxtlarni ildizi bilan qo’porib tashlaydi). 12 ball — dovul. Demak, 8 balli shamolda dengizga chiqib bo’lmaydi.


Manba



Mo’jiza kitobning 1-jildi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz