Bofors L60
"
Bofors " (toʻliq nomi
Bofors 40 mm Luftvärnsautomatkanon , qisqartma:
Lvakan 40/60 yoki
L/60 , shved. — „Bofors“ markasidagi 40 mm zenit avtomatik pushkasi [armiyaviy koʻchib yuriladigan, stvol uzunligi 60 kalibrl], — harbiy indekslar oʻziga xos modifikatsiyaga va ishlayotgan mamlakatga qarab oʻzgarib turardi) — 40 mm kalibrli avtomatik zenit qurol, 1929-1932-yillarda Shvetsiyaning AB Bofors kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. piyoda va kemalar uchun koʻplab modifikatsiyalari (kazemat, tortma, oʻziyurar zirhli va zirhli, temir yoʻl, havoda va boshqa turlar) bilan Ikkinchi Jahon urushi davridagi havo mudofaasining eng keng tarqalgan va qoʻllaniladigan vositalaridan ikkala qarama-qarshi tomonlar tomonidan ham faol foydalanilgan. 1939-yil hoatiga koʻra (Yevropada harbiy harakatlar boshlangan paytda) Shvetsiya ishlab chiqaruvchilari Boforsni dunyoning 18 mamlakatiga eksport qilardilar va yana 10 ta davlat bilan litsenziya shartnomalarini tuzgandilar. Qurollarni ishlab chiqarishni esa Oʻq mamlakatlari va Hitlerga qarshi koalitsiyadagi ittifoqchilarning harbiy sanoati tomonidan amalga oshirilgan. 40 mm Bofors quroli dunyoning koʻplab mamlakatlarida xizmat koʻrsatgan. Uning keyingi rivojlanishi Bofors L70 quroli edi. Bofors L60 odatda oddiygina „Bofors“ deb ataladi.
Ishlab chiqarish
Shvetsiya
Jangovar foydalanish
Quyida Bofors ishlatilgan qurolli mojarolar ro'yxati keltirilgan:
• Ispaniya fuqarolar urushi (1936-1939),
• Xitoy fuqarolar urushi (1936-1939),
• Sovet-Fin urushi (1939-1940),
• Sovet-Fin urushi (1941-1944),
• Ikkinchi jahon urushi (1939-1945),
• Indoneziya mustaqillik urushi (1945-1949),
• Filippindagi Amerika kontr-partizan urushi,
• Sovuq urush (turli epizodlar),
• Koreya urushi (1950-1953),
• Ikkinchi Indoxitoy urushi (1965-1973),
• Folklend mojarosi (1982),
• AQShning Panamaga bostirib kirishi (1989-1990),
• Fors Ko'rfazidagi urush (1990-1991),
• AQSh va NATOning Yugoslaviyaga qarshi urushi (1991-2001),
• AQSh va NATOning Iroqqa qarshi urushi (2003-2011),
• Amerikaning Somaliga harbiy aralashuvi (2006),
Manbalar
uz.wikipedia.org