Boeing 747
Boeing 747 AQShning Boeing shirkati tomonidan 1969-yilda ishlab chiqarilgan uzoq masofaga uchuvchi va keng fyuzelyajli yoʻlovchi samolyotdir. Bu samolyot keng fyuzelyajli boʻlganligi sababli birdan oshiq yoʻlakka ega sanaladi. Shuningdek, Boeing 747 Jumbo Jet (talaffuzi: Jambo Jet) yoki Queen of the Skies („Falaklar qirolichasi“) deb ham ataladi. 747 ning ilk turi hajmi jihatdan Boeing 707dan ikki yarim barovar kichik boʻlgan. Boeing 747 samolyotining ilk parvozi 9-fevral 1969-yilda amalga oshirilgan. 747 samolyoti Airbus A380 chiqarilgunga qadar, qariyb 37 yil davomida boshqa samolyotlarga qaraganda koʻproq yoʻlovchi tashigan.
747 ikki palubali samolyotdir. Bu uchoq kishilarni, yuklarni va boshqa narsalarni tashishi mumkin. Loyiha ishlab chiqaruvchilari, shuningdek, samolyotni yuk samolyotiga osonlik bilan aylantirish uchun yuqori palubani loyihalashtirishdi. Bu oʻrindiqlarni olib tashlash hamda samolyotning old qismiga yuk eshigini oʻrnatish orqali amalga oshirildi.
2020-yil holatiga koʻra, 61 ta Boeing 747 samolyoti halokatga uchrab, 3 722 nafar kishi halok boʻlgan.
Manbalar
Oʻqish uchun
Havolalar
uz.wikipedia.org