Bodxiz Qo'riqxonasi
Bodxiz qoʻriqxonasi (turkmancha: Bathyz goraghanasy) — Turkmanistonning Mari viloyatida, Murgʻob va Tajan daryolari oraligʻida joylashgan qoʻriqxona. 1941-yilda tashkil etilgan. Maydoni 88 ming ga dan koʻproq. Bodxiz choʻllari tabiati va hayvonot olamini qoʻriqlash, pistazorlarni saqlash va parvarishlash, qadimdan bu joylarda yashaydigan qulonlarni qoʻriqlash, koʻpaytirish bilan shugʻullanadi. Bodxiz qoʻriqxonasi da chala choʻl oʻsimliklari usadi, arhar, bezoar echkisi, jayran, qoplon, sirtlon, asalxoʻr, kemiruvchilar, echkiemar, kapchailon va boshqa bor. Bu hududlarda qish iliq boʻlganidan Gʻarbiy Sibir, Qozogʻiston, Oʻrta Osiyoning togʻli oʻlkalaridan uchib kelgan parrandalar Kushka vodiysida, shuningdek Murgʻob va Tajan vodiylarida qishlaydi. Bodxiz qoʻriqxonasi tarkibida qulon va jayranlar bolalaydigan va suv ichadigan joylardan iborat 3 buyurtma qoʻriqxonasi ham bor.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org