Bodring sharbati
Bodring sharbati – bodringni maydalab, siqish yoki bosim ostida qiymalash yoʻli bilan tayyorlanadigan ichimlik. Tarkibi 98% suvdan iborat.
Ishlatilishi
Bodring sharbati Bloody Mary kabi kokteyllar, bodring sho'rvasi, yashil sariyog', salatlar tayyorlashda ishlatiladi. Sahrbat oʻzida koʻp miqdorda A vitamini, sterol, kremniy, kaliy elementlari tutadi. Bundan tashqari kosmetikada, sovun va shampunlar ishlab chiqarishda, parfyumeriya sifatida ham keng qoʻllaniladi.
Tibbiyotda ahamiyati
Rus tabobatida asosan nafas yoʻllari kasalliklari, yalligʻlanishlar, surunkali yoʻtalni kamaytirish maqsadida tavsiya qilinadi. Shuningdek, ko'ngil aynishi, oshqozonda kislotani meyorlashtirish uchun muntazam ichib turiladi. Teridagi toshma va kuyishdagi jarohatlarni ketkazishda qoʻllaniladi. Qishloq xoʻjaligida yog'och zararkunandalari, baliq kuyalariga qarshi kurashuvchi modda sifatida ishlatiladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org