Bodomiy




Bodomiy — serhosil, jaydari oʻrik navi, mevasi bodomga oʻxshaydi. Daraxtining balandligi 10–15 m, shoxshabbasi keng. Koʻchati oʻtqazilgach, 4—5yili hosil beradi. 60—80 yil, hatto undan ham koʻproq yashaydi. Mevasi oʻrtacha (28—30 g), choʻziqroq, sariqqizil, tekis, yaltiroq. Eti sariq, mazali, danagidan yaxshi ajraladi, magʻzi shirin. Iyulning birinchi yarmida pishadi. Tupidan 20—25 yoshida 200 kg gacha hosil beradi. Quritilganda 21—22% bargak tushadi. Sovuqqa chidamli. Sugʻoriladigan unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Fargʻona vodiysida keng tarqalgan (qarang Oʻrik).,

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz