Bodomiston
Bodomiston — Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi soy. Toʻpalangdaryo (Surxondaryo)ga quyiluvchi Kishtutsoytsht chap irmogʻi. Hisor va Qoldirgʻa togʻlari tutashgan joydagi muzliklar (3700 m)dan boshlanadi. Yuqori oqimida gʻarbga, soʻng jan.gʻarbga oqadi. Uz. 12 km, havzasining maydoni 91 km². Bodomistonning umumiy uz. 10 km boʻlgan 7 ta mayda irmogʻi bor, havzasida umumiy maydoni 5,9 km² boʻlgan 6 ta muzlik mavjud. Bodomiston suvayirgʻichida Surxondaryo havzasining eng baland (4643 m) joyi hamda eng katta muzligi (uz. 3,2 km, maydoni 3,0 km!) joylashgan. Qor va muz suvlaridan toʻyinadi, oʻrtacha yillik suv sarfi 2,7 m³/sek. Bodomiston suvi koʻpayganda (iyul—sentabr) oʻrtacha yillik suv sarfi 6,4 m³/sek boʻladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org