Bodom kislota




Bodom kislota , oksifenilsirka kislota, fenilglikol kislota, S6N5SN(ON)SOON - tarkibida bitta asimmetrik atomi boʻlgan aromatik kislota. Mol. m. 152,14, Bodom kislota ning ikki optik izomeri bor: qutblanish tekisligini chapga buruvchi L va qutblanish tekisligini oʻngga buruvchi D kislota. L Bodom kislota achchiq bodom tarkibidagi amigdalinni gidrolizlab olinadi. D Bodom kislota esa sambuningrin degan glikozid tarkibiga kiradi. Ratsemik Bodom kislota (parabodom kislota) benzaldegiddan olinadi, suyuqlanish temperaturasi 120,5°. Bodom kislota antiseptik xossalarga ega boʻlganligi sababli tibbiyotda ishlatiladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz