BODOM KISLOTA
BODOM KISLOTA, oksifenilsirka kislota, fenilglikol kislota, S6N5SN(on)soon tarkibida bitta asimmetrik atomi bo’lgan aromatik kislota. Molekulyar modda 152,14, Bodom kislotaning ikki optik izomeri bor: qutblanish tekisligini chapga buruvchi L va qutblanish tekisligini o’ngga buruvchi D kislota. L Bodom kislota achchiq bodom tarkibidagi amigdalinni gidrolizlab olinadi. D Bodom kislota esa sambuningrin degan glikozid tarkibiga kiradi. Ratsemik Bodom kislota (parabodom kislota) benzaldegiddan olinadi, suyuqlanish temperaturasi 120,5°. Bodom kislota antiseptik xossalarga ega bo’lganligi sababli tibbiyotda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz