BODO (Bandot) Jan Moris Emil (1845.11.9, Manyo, Frantsiya — 1903.23.3, Parij yaqinida) — frantsuz ixtirochisi. Ko’p qirrali ketmaket telegraflash masalasini amalda birinchi bo’lib hal qilgan; 1874 yilda ikki karrali ketma-ket telegraflash apparati uchun, 1876 yilda besh karrali telegraflash tizimi uchun patent olgan. Bodo apparatlari birinchi marta Parijbordo liniyasiga o’rnatilgan (1877). 1927 yildan telegraflash tezligi birligi (bod) Bodo nomi bilan atalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish