BODIYOG’OCH
BODIYOG’OCH — 1) g’ula ko’tarishda tanda bodi orasiga o’tkazib qo’yiladigan asbob. Shoyi, atlas to’qish korxonalarida ishlatiladi. Yong’oq, o’rik, qayrag’och kabi qattiq yog’ochlardan bir uchi ingichka qilib yasaladi; 2) shoyi, atlas to’qiladigan ipakni juftlab beradigan “juftlama mashina”ning gajaklar o’rnatilgan bo’lagi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz