Bodiyat Ash-Shom




Suriya choʻli , Bodiyat ash-Shom (arabcha: بادية الشام) — Gʻarbiy Osiyodagi choʻl. Suriya, Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni hududlarida. Maydoni 1 mln. km². Furot va Mesopotamiya pasttekisligi tomon 800 m dan 500 m gacha pasayib boradi. Ohaktoshli plato va lava maydonlaridan iborat. Yer yuzasi tekis. Ayrim joylarida bal. 1100 m boʻlgan yakka togʻlar, shoʻrxok va taqirli soyliklar uchraydi. Qumli va toshloq maydonlar bor. Iqlimi subtropik, kontinental, quruq ikdim, qishi iliq, yozi issiq. Choʻlning shim. qismida yanvarning oʻrtacha temperaturasi 6,9°, iyulniki 29,2°, yillik yogʻin 100–150 mm. Baxrr va yoz boshlarida hamsin shamoli esadi. Suriya choʻlida okar suvlar yoʻq. Oʻsimliklari juda siyrak, buta va efemerlar oʻsadi. Aholisi koʻchmanchi chorvachilik bilan shugʻullanadi.



uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz