BODEN KO’LI — Germaniya, Shveytsariya va Avstriya chegarasidagi qadimgi muzlik vodiysidagi yirik ko’l. 395 metr balandda joylashgan. Maydoni 538 kilometr kvadrat, uzunligi 63 kilometr, eni 14 kilometr, eng chuqur joyi 252 metr. Boden ko’li shim.g’arbga 3 qismga tarmoqlangan (Iberling, quyi va Tseller ko’llari). Qirg’oqlarining aksariyat qismi tekis yoki Janubi sharqi baland qoyali. Boden ko’lidan Reyn daryosi oqib o’tadi. Kema qatnaydi. Suvi kamdan-kam muzlaydi, qishda sohil iqlimini yumshatib turadi. Baliq ovlanadi. Ko’l sohilidagi yirik shaharlar: Konstans, Fridrixsxafen, Lindau (Germaniya), Bregents (Avstriya). Boden ko’li atrofida kurort, qo’riqxona ko’p.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish