BODBODSOY



BODBODSOY — Samarqand viloyati Buluntur tumanidagi soy. G’ubdin tog’ning Janub yon bag’ridan (1260 metr balandlikdan) boshlanib, Janubga tomon oqadi. Bodbod qishlog’idan Janubda Bulung’ur cho’llarida tugaydi. Uzunligi 9 kilometr. Yog’in va buloqdan suv oladi. Yoz va kuzda suv sarfi 60-80 l/ sekund, qish va bahorda esa 400-500 l/sekund. Bodbodsoy yoqasida chorva qo’tonlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz