Bochansev eversmaniyasi
Bochansev eversmaniyasi ( lotincha: Eversmannia botschantzevii) — dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub (Eversmannia) ikki pallali o‘simliklar turi. Birinchi marta botanik S. A. Sarkisova tomonidan 1981-yilda ifoda etilgan.
Tarqalishi va yashash joyi
Oʻzbekistonning Qashqadaryo viloyati endemigi , Qashqadaryo viloyatidagi Ellikbosh tog‘ tizmasi (Qo‘rg‘ontosh qishlog‘i atrofi)da uchraydi.
Qizilqumtoshlarda o‘sadi.
Botanika tavsifi
Ushbu o‘simlik ko‘p yillik tikanak buta bo‘lib, uning balandligi 60-70 sm, shoxlari tukli. Barglari 4–7 juft, bargchalari tuxumsimon, uchlari kemtik, tukchalari zich joylashgan. Gulbandlari 7–10 sm uzunlikda. Gultojisi binafsharang, Mevasi — 3-5 sm uzunlikdagi dukkak. May-iyun oylarida gullaydi, iyul oylarida mevasi yetiladi. Urug‘idan ko‘payadi.
Muhofaza maqomi
O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan . Turlarga tahdidlardan biri bu yaylovdir. Turlar tahdidlardan biri bu Chorva mollarining boqilishi va ola tusli maydonlarning qisqarishi sabab bo‘ladi. Soni aniqlanmagan, tarqalishi bo‘yicha muhofaza choralari ko‘rilmagan .
Manbalar
Izohlar
uz.wikipedia.org