Boburiylar imperiyasi bayroqlari
Boburiylar imperiyasida bir qator imperator bayroqlari va standartlari mavjud edi. Boburiylarning asosiy imperatorlik standarti alam edi. Bu, birinchi navbatda, toʻq yashil edi. Unda sher va quyosh koʻrsatilgan (Sher-u hurshid شیر و خورشید). Boburiylarning alamdan foydalanishi Temur davridan odat boʻlib qolgan.
Imperator bayrogʻi taxtning oʻng tomonida, shuningdek, imperator qarorgohiga kiraverishda va harbiy yurishlar paytida imperator oldida turgan.
Boburiylar imperiyasida urush bayrogʻi va tinchlik paytidagi bayroqlar alohida edi. Ammo ikkalasi ham bir birga oʻxshash, yaʼni boburiy uslubidagi toʻq yashil rangda. Urush bayrogʻida Amir Temur bayrogʻida boʻlganidek tillarang halqa(boburiy bayrogʻida quyosh koʻrinishidagi halqa), choʻzilib turgan arslon bor edi va bu bayroq uchburchak shaklda boʻlgan. Imperatorlik muhri aylana shaklda boʻlgan. Boburiylarning 1857-yildagi bayrogʻi har doimgidek toʻq yashil edi. Va unda islom ramziga aylangan tilla rangidagi hilol tasvirlangan.
Ayn-i- Akbariyning yozishicha, Akbar hukmronligi davrida imperator har safar ot minib chiqqanda, beshtadan kam boʻlmagan alamlar bilan birga qur (bayroqlar va boshqa nishonlar toʻplami) qirmizi mato qoplarga oʻralgan holda olib borilgan. Ular bayram kunlarida va janglarda ochilgan. Jahongir davrida kelgan ser Tomas Roning ruhoniysi Edvard Terri o‘zining "Sharqiy Hindistonga sayohat" (1655) asarida shohlik bayrogʻi shoyidan qilingan va quyosh tanasining bir qismiga nur tushirib turgan sherni tasvirlagan.
Bayroqlarning turlari
Boburiylarning ikkita taniqli bayrogʻi bor edi, ikkalasi ham boburiylarga xos yashil rangda edi.
Mumkin boʻlgan bayroq variantlari
Muhrlar
Boburiylar imperiyasi sub’ektlari va vassallarining bayroqlari
Tarixiy tasvirlar
Manbalar
uz.wikipedia.org