Boburiylar hukumati




Boburiylar hukumati — Boburiylar imperiyasi hukumati oʻta markazlashgan tizim boʻlib, bu tizimning aksariyat qismi uchinchi boburiy hukmdor Akbar hukmronligi davrida tashkil etilgan. Markaziy hukumatga imperator boshchilik qilgan; uning huzurida toʻrtta vazirlik bor edi. Moliya vazirligi imperiya hududlaridan tushumlarni nazorat qilish, soliq tushumlarini hisoblash va bu maʼlumotlar orqali xarajatlarni taqsimlashda foydalanish uchun mas’ul edi. Harbiy (qoʻshin/razvedka) vazirlik harbiy tashkilotlar va tizimilarni boshqarish topshirilgan. Din boʻyicha mas’ul vazirlik qozilarni tayinlash, xayriyalarni boshqarish ishlarida mas’ul boʻlgan. Yana bir vazirlik imperatorning saroyi va jamoat ishlariga mas’ul edi.

Provinsiyalar



Imperiya bir qancha subahlarga (viloyatlarga) boʻlingan boʻlib, ularning har biriga subahdar deb ataladigan viloyat gubernatori boshchilik qilgan. Har bir subahning oʻz baxshisi, sadr as-sudr va moliya vaziri boʻlib, ular subahdarga emas, bevosita markaziy hukumatga boʻysungan. Subahlar sarkorlar deb ataladigan maʼmuriy birliklarga boʻlingan, ular keyinchalik parganalar deb nomlanuvchi qishloqlar guruhlariga boʻlingan. Pargana hukumati musulmon qozisi va mahalliy soliq yigʻuvchidan iborat boʻlgan.

Poytaxt



Boburiylar imperiyasining bir nechta poytaxtlari boʻlib, ular har xil imperator hukmronligi davrida tashkil etilgan. Bular Agra, Dehli, Lahor va Fatehpur Sikri shaharlari edi. Baʼzan poytaxt oʻzgarishiga siyosiy va harbiy talablar taʼsir qilgan. Baʼzan esa oʻzgarishlar mafkuraviy sabablarga koʻra ham sodir boʻlgan (masalan, Akbarning Fotehpur Sikrini barpo etishi). Boburiylar davlatida oddiygina yangi poytaxtni barpo etish xarajatlari juda kam boʻlganligi sabab boʻlishi ham mumkin. Bir vaqtning oʻzida ikkita poytaxt mavjud boʻlgan holatlar Boburiylar tarixida bir necha bor sodir boʻlgan. Baʼzi shaharlar Avrangobodga oʻxshab qisqa muddatga provinsiya markazlari boʻlib ham xizmat qilgan. Harbiy yurishlar va hukmron oila sayohatlari uchun foydalanilgan imperator lageri ham koʻchma maʼmuriy poytaxt boʻlib xizmat qilgan. Akbar davridan boshlab Boburiy lagerlari koʻpaygan. Avrangzebdan keyin Boburiylar poytaxti kuchli mudofaa devori bilan oʻralgan Shohjahonobod shahriga (hozirgi Eski Dehli) koʻchdi.

Qonun




Boburiylar imperiyasining huquqiy tizimi bosqichma-bosqich rivojlanib borgan. Musulmon davlati boʻlgan imperiya fiqh (islom huquqshunosligi)dan foydalangan. Shuning uchun qozi (qozi), muftiy (fuqah) va muhtasib kabi islomiy amaldorlar boʻlgan.

Ideologiya



Boburiylar imperiyasi sunniylik hanafiylik fiqh tizimiga amal qilgan. Imperiya oʻzining dastlabki yillarida oʻzidan oldingi Dehli sultonligidan meros boʻlib qolgan hanafiylarning huquqiy manbalariga tayangan. Bularga „Al-Hidoya“ va „Fatvo at-Tatarxoniya“ kiradi. Boburiylar imperiyasining eng yuqori choʻqqisida imperator Avrangzeb tomonidan Al-Fatava al-'Alamgiriyya qoʻllanmasi ishlab chiqilgan. Hanafiy fiqxining ushbu toʻplami Boburiylar imperiyasi uchun yagona maʼlumotnoma boʻlib xizmat qila boshladi.

Sudlar



Boburiylar imperiyasida har xil turdagi sudlar mavjud edi. Shunday sudlardan biri qozilik edi. Boburiy qozilar adolatni taʼminlash uchun mas’ul boʻlgan. Bunga nizolarni hal qilish, jinoyatlari uchun odamlarga hukm chiqarish va meroslar bilan ishlash kiradi. Jagirdor (mahalliy soliq yigʻuvchi) yana bir mansabdor shaxs. Boburiylar imperiyasi subʼyektlari ham oʻz shikoyatlarini mahalliy qozidan koʻra koʻproq hokimiyat va jazo berish kuchiga ega boʻlgan yuqori mansabdor shaxslarga topshirgan. Jamiyat yoki qishloq darajasida faoliyat yurituvchi oʻz-oʻzini tartibga soluvchi sudlar keng tarqalgan edi, ammo ularning yurituvchi hujjatlari juda kam boʻlgan. Masalan panchayatlar (qishloq kengashlari) qanday faoliyat koʻrsatganligi aniq emas va deyarli hech qanday maʼlumot yoʻq.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz