Boburiylar davrida Hindiston madaniyati
Tarix
Boburiylar sulolasi namoyondalarining aksariyati o‘zlari shoir va tarixchi bo‘lishi bilan birga olim, musavvir, musiqachi, me’mor va shu kabilarni qo‘llab-quvvatlab, taqdirlab, hamisha ularga homiylik qilganlar, fan va madaniyatning gullab-yashnashi, me’morchilik, rassomlik, qurilish, iqtisod va savdo-sotiqning yuksalishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Xumoyun davrida oltita yirik tarixiy asarlar yaratildi, shu jumladan, Mirzo Haydarning “Tarixi Rashidiy”, Ibrohim bin Jarirning “Tarixi Xumoyuniy”, Mehtor Javharning “Tazkirat al-voqeoti Humoyuniy”, Fayzi Sirhindning “Tarixi Humoyunshohiy”, Gulbadan begimning “Xumoyunnoma” va nihoyat boyazid Bayotning “Tarixi Xumoyun” asarlari insho qilindi.
Akbarshohning yarim asrlik hukmronligi davrida 25 dan ziyod tarixiy asarlar yozildi. Bular orasida umumiy tarix, Hindiston tarixiga bag‘ishlangan Mulla Ahmad Tattaviy rahbarligida bitilgan “Tarixi alfiy”, Orif Qandahoriyning “Tarixi Akbariy”, Nizomiddin Heraviyning “Taboqati Akbariy”, Abdulqo dir Badauniyning “Muntaxab at-tavorix”, Abulfazl Muborakning “Akbarnoma” asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.
Jahongirshoh davrida 22 ta tarixiy asar yaratildi. Ular orasida Tohir Sabzavoriyning “Ravdat at-Tohiriy”, Skandar Gujarotiyning “Mir’oti Skandariy”, Xokiyi Sheroziyning “Muntaxab at-tavorix”, Ne’matulloh Xeraviyning “Tarixi Shohjahoniy” asarlari alohida o‘rin tutadi.
SHoh Jahon hukmronligi davrida yaratilgan ilk asarlardan biri Muhammad SHarif Dekaniy qalamiga mansub “Majolis as-salotin” bo‘lib, u Jahongir paytida yoza boshlangan va Shoh Jahon hukmronligining birinchi yili yozib tugallangan. “Pod shohnoma” asarining muallifi Muhammad Amin Qazviniy Shoh Jahonning saroy tarixchisi edi va u o‘z asarini imperatorning farmoni bilan ta’lif etgan. Yana bir “Podshohnoma” asarining muallifi Shoh Jahon davlatining mashhur rasmiy tarixchisi Abdulhamid Loho‘riydir. Uning shogirdi Muhammad Voris Loho‘riy “Podshohnoma”ni yakuniga yetkazdi.
Boburning o‘g‘li Humoyunshoh dunyoviy ilmlardan matematika va falakiyotga qiziqardi. Shuningdek, musiqaga ishtiyoqmand edi. U saroydagi faylasuflar, munajjimlar, shoirlar, din peshvolari va boshqa ilm ahllari bilan suhbatlar o‘tkazardi. Humoyun Erondan ikki mohir rassomni Dehliga taklif etib, ulardan o‘ziga va o‘g‘li Akbarga rassomlikdan dars berishlarini iltimos qilgan. Uning she’riyatga iqtidori kuchli bo‘lib, turkiy va forsiy g‘azallar bitardi, g‘azallari devon shaklida tartib topgandir. Tarixchilarning guvohlik berishicha, Humoyun ning ukasi Askariy Mirzo harbiy saohiyatli, adib va shoirtabiat kishi bo‘lgan, boshqa bir ukasi Hindol Mirzo ham dilovar va olim inson edi. Uning saroyida ulamolar, shoirlar va din ahllari tarbiya topganlar. U ham she’riyatga qiziqardi, o‘zi ham turkiy va forsiy tillarda g‘azallar yozardi.
Boburning qizi Gulbadan Begim o‘z zamonasining eng o‘qi mishli, oqila va donishmand ayollaridan edi. U “Humoyunnoma” nomli ajoyib va qimmatli asar yozdi. Asar Bobur bilan Humoyunning hayoti va sarguzashtlarining muxtasar tarixi bo‘lib, mantiqan “Boburnoma”ning davomidir.
Boburning o‘g‘li Komron Mirzo iqtidorli shoir bo‘lgan, Bobur an’analarini davom ettirib, o‘z atrofiga olimlar, shoirlar me’morlarni to‘plagan, bog‘-rog‘lar, kanallar, binolar bunyod etgan.
Boburning xolavachchasi toshkentlik Mirza Muhammad Haydar ham Hindiston, Tibet, Qashqar atroflarini kezib, “Tarixiy Rashidiy” voqeanomasini yozib qoldirgan.
Akbarshoh davri uchun ikki asosiy madaniyat musulmon va hindu madaniyatlarining uyg‘unligi xarakterlidir. CHunonchi, Fatpur Sekri shahri qurilishida hindu elementlari o‘z ifodasini topgan, ya’ni unda bir-biriga ulanib ketgan gul shodalari shaklidagi hindcha naqshlar mavjud. Ba’zi bir karnizlar jonivorlarning tasviri bilan bezatilgan, saroy xonalarining biridagi devorda qushlar va hayvonlar aks ettirilgan. Keyinchalik Avrangzebning buyrug‘iga binoan devorlardagi bu naqsh-rasmlar o‘chirib tashlangan. Ma’lumki, islom aqidalariga ko‘ra jonzotlarning rasmini chizish taqiqlangandi.
Ayrim shoirlar mashhur hind dostonlaridagi mavzularda ham ijod qildilar. Akbar davridagi yirik forsiyzabon shoirlardan Abul Fazliyning ukasi Fayziyning “Nal va Daman” asari shular jumlasidandir. Abul Fazl ham o‘zining “Oini Akbar” (“Akbarning ko‘rsatmalari”) asarida qadimgi Hindistonning falsafiy ta’ limoti, hindularning urf-odatlari va og‘zaki adabiyotiga alo hida e’tibor berdi.
Akbar hukmronligi davrida (1556–1605) maxsus davlat tasviriy san’at korxonasi va rasmlar bo‘lmasi – naqqoshxona ta’ sis etilgan. Naqqoshxonada Hirot rangli nafis suratlar (miniatyura) maktabi namoyandalarining nodir tasviriy asarlari saqlanar va bu ijodiy kamolot namunalari asosida talabalarga dars berilardi.
Adabiyot
Akbarshohning farmoniga muvofiq “Boburnoma”, “Temurnoma”, “Chingiznoma”, SHarofiddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, “Kalila va Dimna”, Jomiyning “Bahoriston”, Nizomiyning “Xamsa”si, “Mahabhorat”ning fors tilidagi tarjimasi, “Ramayana” va boshqa bir qancha asarlar qo‘lyozmasi rangli nafis suratlar bilan bezatildi. Bu ajoyib san’at namunalarini ijod etishda Mir Sayid Ali va Xo‘ja Abdusamad bilan birgalikda iqtidorli hind musavvirlari Basavan, Dasvant, Madxu, Miskin, La’l, Kesu va boshqalar ham faol ishtirok etganlar. Jahongir o‘zining bobokaloni Boburga taqlidan o‘z tarjimai holi va o‘n yetti yillik hukmronlik davrini qamrab olgan “Tuzuki Jahongiriy” (“Jahongir tuzuklari”) nomli asarini yaratgan. Mazkur asar “Jahongirnoma” nomi bilan mashhurdir. Jahongirshohning til va adabiyot, tarix sohasidagi is’tedodi mazkur asaridan ham ma’lum. U turkiy eski o‘zbek tilini mukammal bilishi bilan faxrlangan. Nihoyatda nazokatli va nozik ta’bga molik bo‘lgan Jahongir ayniqsa tasviriy san’at bilan qiziqqan. Buxorolik Abulhasan va Usta Mansur uning tarbiyasi va homiyligi tufayli tasviriy san’atda kamolot pog‘onalariga ko‘tarilganlar. Abulhasan mo‘yqalamiga mansub bo‘lgan asarlardan Jahongir va SHoh Jahonning suratlari bizgacha yetib kelgan. Jahongir o‘z saroyiga olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar va turli kasb-hunar egalaridan yetuk kishilarni yig‘ib, ularga homiylik qilardi. Saroyda g‘azalxonlik anjumanlari bo‘lib turar, Jahongirning o‘zi ham she’r aytardi.
Boburiylardan to‘rtinchi podsho Shoh Jahon fors tilida ravon gapirar, turk va hind tillarini ham yaxshi bilar edi. U qilichbozlik, ov qilish, she’riyat, musiqa va nafis san’atga juda qiziqqan.
Boburiy malikalardan Shoh Jahonning qizi Jahonaro Begim (1614–1681) mashhur shoirlardan edi. Onasi mumtoz Mahal begim vafot etganda u 17 yoshda bo‘lgan. Husn-latofatda, aql-idrokda va ilmu odobda benazir bo‘lgan. Jahonaro begim saltanat ishlarini boshqarish, ichki va tashqi siyosat hamda dip-lomatiya masalalarida otasiga o‘zining oqilona maslahatlari bilan yordamlashgan, me’morlik, obodonlashtirish ishlariga rahnamolik qilgan. Agrada qurilgan jome’ masjidining tarxini Jahonoro Begim chizgan. SHuningdek, Dehli, Surat, Ambola, Behal va Panipat shaharlarida karvonsaroylar qurdirgan. Loho‘rda katta bog‘, Kashmirda “Pari mahal” (“Parilar saroyi”)ni bunyod ettirgan. Shohjahonobodda Alimardonxon ariq qazdirib, naqshinkor hovuz qurdirgan. Jahonoro begim g‘azal lar bitgan, ilm-fanga bag‘ishlangan “Risolayi Sohibiya” (“Do‘st lik haqida risola”) nomli asar yozgan.
Shoh Jahon davrida ham ma’rifat, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga katta e’tibor berilgan. Yirik shoir va olimlardan Abdul Hamid Loho‘riy “Podshohnoma”, Amin Qazviniy “Podshohnoma”, Inoyatxon “Shoh Jahonnoma”, Muhammad Solih “Amaliy Solih” asarlarini yozishgan. Ularda boburiylar saltanati tarixi batafsil yoritilgan.
Shoh Jahon Dehlining markazida Hindistondagi eng katta va salobatli jome’ masjidini, Agra shahrida esa qizi Jahon aro sharafiga katta jome’ masjidini qurdiradi. Dehlida qizlari Jahonaro va Ravshanaro sharafiga maqbaralar bino etilgan. Kashmirda nihoyatda go‘zal Shalimar va Nishot nomli bog‘lar barpo qilingan.
Shoh Jahonning to‘ng‘ich o‘g‘li Doro Shukuh boburiylar saltanatidagi iste’dodli olim va katta ma’rifatparvar shaxs edi. Boburiylar xonadoni u bilan faxrlanardi. U arab, fors, sanskrit tillarini yaxshi bilgan va she’rlar yozgan.
Hindshunos tarixchi olim Ilyos Hoshimov ta’kidlaganidek, Doro Shukuh hind xalqining qomusiy kitoblarini, tasavvuf falsafasiga oid bir qancha kitoblarni fors tiliga tarjima qilgan.
Avrangzeb davrida olimlardan Hafixon “Mutaxab ul-lubob” asarini yozib tugatadi. Mirzo Muhammad Kozim “Olamgirnoma”, Muhammad Soqiy “Maosiri Olamgiriy”, Sujan Ray Xatri “Xulosot ul-tavorix”, Bxemsen “Nushkai dilkusho”, Ishvar Das “Fatuxoti Olamgiriy” asarlarini yozganlar. Ularda Avrangzeb davri bilan birga boburiylar saltanati tarixiga oid qiziqarli ma’lumotlar berilgan.
Avrangzebning qizi Zebunniso begim zabardast shoira, yetuk olima, mohir tanburchi, sozanda va go‘zal xattot edi. Arab va fors tillarining sarfu nahvini (morfologiya va sintaksis), fiqh (qonunshunoslik), mantiq, falsafa, tarix fanlarini puxta o‘zlashtirgan. U nasta’liq, nash va shikasta xatlarini zo‘r mahorat bilan yozgan. SHu bois, Qur’oni karimni bir necha marotaba husnixatda ko‘chirgan va yoddan qiroat bilan o‘qigan.
Zebunniso begim chiroyli she’riy devon tuzgan. Tasavvuf falsafasiga oid “Munis ul-arvoh” nomli asar ham yozgan. Tafsir sohasida “Zeb at-tafosir” (“Go‘zal tafsirlar”)ni yaratdi, ilohiyotga oid “Zeb an-nashoat” nomli asar yozib, uni o‘z ustoziga bag‘ishlaydi. Shuningdek, Hindiston musulmonlari orasida dasturulamal bo‘lib qolgan “Fatvoyi Olamgiriy” (“Shariat qonunlari”) majmuasi asarini fors tiliga tarjima qildiradi. Zebunniso o‘z zamonasining olimlari, shoirlari va san’at ahllariga g‘amxo‘rlik va homiylik qilgan, ilm va fanning rivojiga munosib hissa qo‘shgan.
Adabiyot saroydan tashqarida ham, keng xalq o‘rtasida turli janrlarda taraqqiy etdi. Ayniqsa, bxakti poeziyasi katta e’tibor qozondi. Bxakti shoirlari ichida Tulsi Dasning (1532–1623) “Ramayana” asari hindi tilining har xil lahjalarida yaratildi. XVI asrning ikkinchi yarmida Rajastonda yashab o‘tgan Sur Das, maxarashtralik shoira Mirabai Ekanatx, assamlik Shankaradeva o‘rta asr hind adabiyoti taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. Bengaliyalik Munkudorama Chokroborti o‘sha davr Bengaliya hayoti haqida “Chandimangal” (“Ma’buda Chandi tomonidan hadya qilingan”) nomli realistik hikoya yozdi. XVII asrda bxakti g‘oyalari maratxlar va sikxlar she’riyatida ham rivoj topdi.
O‘rta asr Hindiston adabiyotida urdu tilida ijod etgan shoirlar ham ko‘zga tashlanadi. Forsiyzabon shoirlarning ichida esa eng mashhurlari Fayziy va Bedil (1644–1721) edilar.
Mirzo Abdulqodir Bedil Bengaliyaning Azimobod shahrida harbiy xizmatchi oilasida dunyoga keldi. Uning ota-bobolari Shahrisabz o‘zbeklaridan edilar. Bedilning hayoti Hindistonda boburiylar imperiyasi inqirozga yuz tutgan davrga to‘g‘ri keldi. U o‘zining 77 yillik hayotida 14 podshoni ko‘rdi. SHulardan 9 tasi shoir umrining oxirgi yillarida hukmronlik qilganlar.
Shuning o‘zi ham mamlakatda o‘zaro nizolarining qay darajada kuchayganligini ko‘rsatadi. Shoir o‘z davriga befarq qaramadi, hindlar va musulmonlarni mamlakatdagi barcha xalqlarni birlashtirishga chaqirdi.
Bedil o‘z she’rlarida ijod erkinligi, inson tafakkurining hurligi g‘oyasini ilgari suradi. Shoirning asarlari insonparvarlik, adolatparvarlik, ezgulik tuyg‘ulari bilan sug‘orilgan. U ko‘p millatli mamlakat Hindiston xalqlarining birlashishini orzu qildi, diniy ayirmachilikni rad etib, hammani bir inson naslidan deb hisobladi. O‘z she’rlarida tarbiya, odob to‘g‘risidagi qarashlarini keng bayon etdi, jamiyatdagi jabr-zulm, adolatsizlik kabi illatlarni qoraladi.
Bedil o‘z asarlarida falsafa, tarix, tibbiyot, adabiyot va ilohiyotning xilma-xil masalalariga to‘xtalgan. “Nukot” risolasi borliq, materiya, zarrachalar, jonli mavjudot va narsalar tabiati haqida, nabotot olami to‘g‘risida so‘zlaydi. Borliq, yo‘qliq, fano, baqo singari falsafiy masalalar haqida fikr bildiradi. “Komde va Mudan” dostonida do‘stlik, muhabbat, vafodorlik, adolat, ilm-ma’rifat g‘oyalarini aks ettirgan. Asarlarining ko‘pchiligi 16 jildli “Kulliyot”iga jamlangan.
Boburiylar tarixi va madaniyatini o‘rganishda o‘sha davr saroy tarixchilari Abdulqodir Baduniy, Abulfazl Allomiy, Ferishta, Abdulhamid Loho‘riy, Nizomiddin Xeraviy, Muhammad Haydar, Rashid Nadvi, Xondamir, Javhar, Muhammad Soqiy va boshqalarning asarlari muhim qo‘llanmadir.
Boburiylar davrida Hindistonda bir qancha ajoyib tarixiy asarlar yozilgan. Hoja Nizomiddin Ahmad ibn Muhammad al-Xiraviyning “Taboqati Akbarshohiy” risolasi ana shular jumlasidandir. Asar Akbarshohning 38 yillik hukmronlik davrini qamrab oladi.
Sunjon Ray Munshiyning “Xulosat at-tavorix” asari (1695) Avrangzeb Olamgir davrigacha Hindistonda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiladi. Muhammad Qosim Hindshohning “Tarixi farishta” asari Hindiston tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, “Gulshani Ibrohimiy” nomi bilan ham atalgan. Abdul Qodir ibn Malikshoh Badavoniyning (1615) “Muntaxab at-tavorix”, Abul Fazl Muborak Allomiyning “Akbarnoma” yoki “Tarixi Akbarshohiy” (“Oini Akbar”), Mirza Salim Nuriddin Muhammad Jahongirning “Ja hongirnoma”, Muhammad Sharifning “Iqbolnomai Jahongi riy”, Abdulhamid Loho‘riyning “Podshohnoma”, Sayid Jamol ibn Mirjaloliddin Husaynning “Tarxonnoma” kabi asarlari Hindistonning o‘rta asrlar tarixiga oid muhim tarixiy huj jat hisoblanadi.
O‘rta asr Hindistonida aniq fanlar sohasida ham katta muvafaqiyatlarga erishildi.
Astranomiya
Astronomiya sohasini olsak, unda eng asosiy yutuq yangi ast ronomik asbob-uskunalarning ixtiro qilinishidir.
O‘rta asr falakiyot ilmining eng oliy nuqtasi Savay Joy Singhning (XVIII asr) “Ziji-jadidi Muhammad Shohiy” nomli monumental asari bo‘ldi. Bu olim o‘rta asrning buyuk falakiyotchisi Ulug‘bek maktabining davomchisi edi. Jay Singx Ulug‘bek dan taxminan 80 yil keyin dunyoga kelgan bo‘lsa ham, uni o‘zi ning ustozi deb bilgan.
Jay Singxning bu asari islom mamlakatlari madaniyatining hind jamiyatiga ta’sirini o‘zida aks ettirgan va yangi davrni boshlab bergan. Uning “Ziji jadid Muhammad Shohi” asari islom madaniyati hukm surgan hududlarda yozilgan zijlarning davomidir.
Shuni ta’kidlash kerakki, Osiyo va Afrikaning turli joylaridan Hindistonga kelgan ilm-fan va hunarmandchilik vakillari qo‘lga kiritgan yutuqlar ham hind madaniyatiga katta ta’sir ko‘rsatdi. Bunday ta’sir natijasida to‘qimachilik, zardo‘zlik, metallurgiya, shishasozlik, kulolchilik kabi sohalar ning sifati va miqyosi ancha o‘sdi. Turli xil mexanik asbob-uskunalarning ishlab chiqarilganligi Hindistonda texnika so hasida ham mutaxassislar mavjud bo‘lganligidan dalolat beradi.
Me’morchilik.
Humoyun mashhur obidalar bunyod etmagan bo‘lsa-da, uning o‘ziga atab qurdirgan maqbarasi nihoyatda mash hurdir. Dehlida joylashgan bu maqbara Hindistonda boburiylar qurdirgan birinchi katta yodgorlik bo‘lib, u chorbog‘ usulida bunyod etilgan. Mashhur maqbarani Humoyunning vafotidan 9 yil keyin uning Hoji Begim nomi bilan tanilgan asli Beka Begim ismli xotini qurdirgan.
Salkam yarim asr hukmronlik qilgan Akbarshohning kuch-qudrati va salohiyati u qurdirgan obidalarda to‘la namoyon bo‘l gan. Agra, Loho‘r va Ollohoboddagi qal’alar hamda Fatxpur Sekriy shahri shunday obidalar jumlasidandir. Ollohobod qal’asi mazkur uchta qal’a ichida eng mahobatlisidir. Aytishlaricha, Akbar shu qal’ani ko‘proq yoqtirgan ekan. Akbarshoh bun yod qilgan me’morchilik obidalari ichida eng sarasi, shubhasiz, Fatxpur Sekriy shahridir. Bu shahar Agradan g‘arb tomonda 38 km masofada joylashgan. Fatxpur Sekriy Akbarning o‘g‘il ko‘rishini bashorat qilgan avliyo Salim Cheshtiy sharafiga qurilgan. Butun boshli bu shahar aqlbovar qilmas darajada tez, atigi 4 yilda qurib bitkazilgan. Ammo Fatxpur Sekriyga suv chiqarish juda qiyin bo‘lganligi sababli poytaxt bu yerda uzoq turmaydi, bir necha yildan so‘ng saroy ahli bu shaharni tark etadi. Agra shahrining yaqinida yana bir mahobatli obida qad ko‘tarib turadi. Bu Iskandardagi Akbarshoh maqbarasidir. Maqbara qurilishi 20 yil davom etib, 1613 yilda uning o‘g‘li Jahongir tomonidan nihoyasiga yetkaziladi.
Boshqa mashhur musulmon maqbaralaridan farqli o‘laroq, mazkur besh oshyonalik inshootda hindu, musulmon, buddaviy va, hattoki, xristian me’morchiligi uslublari uyg‘unlashib ketgan.
Jahongir davrida bunyod etilgan eng katta inshootlardan Itmoduddavla maqbarasi e’tiborga sazovor. Oq marmardan tiklangan maqbara devorlari chiroyli naqshlar bilan bezatilgan bo‘lib, lojuvard, yoqut, yashma, zumrad va billur kabi qimmatbaho toshlardan foydalanilgan. Maqbara “Itoduddavla”, ya’ni bosh xazinabon unvoni bilan mashhur Akobir Mirzo G‘iyosbek sharafiga barpo etilgan. U Jahongirning qaynotasi bo‘lgan. Mirzoning husnda tengsiz Nur Jahon suyukli xotini bo‘lib, “Itmodudavla” maqbarasi uning loyihasi asosida vujudga kelgan.
Shoh Jahon 1638 yilda saltanat poytaxtini Agradan Deh liga ko‘chirib, SHohjahonobod (hozirgi Eski Dehli hududi) shah riga asos soldi. Shoh Jahon olamga dong‘i ketgan “Tovus taxt”i ni yasattirdi, lekin uni 1739 yilda Dehliga bostirib kirgan Eron shohi Nodirshoh olib ketgan. “Tovus taxt” 1628 yilda Shoh Jahonning saltanat taxtiga o‘tirish sharafiga yasalgan bo‘lib, uni yasashga 7 yil vaqt, 7 mln. rupiya sarf bo‘lgan ekan.
Shoh Jahon davridagi o‘lmas san’at va me’morchilik obidalari jumlasigi Dehlidagi “La’l qal’a”, uning ro‘parasidagi Masjidi jome’ maqbarasi ham kiradi. La’l qal’aning devorlari qizil toshlardan terilgan. Uning ichida juda ko‘p xonalar bo‘lib, ular podshohga, uning ayollariga, a’yonlariga, askarlariga mo‘ljallangan. Masjid esa binokorlikning ajoyib obidasi hisoblanadi. U eng toza, sof marmardan qurilgan bo‘lib, behi sob ustunlari va devorlari nihoyatda murakkab naqshlar bilan bezatilgan. Masjidi jome’ SHoh Jahon tomonidan qurilgan bo‘lib, Hindistonda eng katta masjid hisoblanadi.
Dunyodagi yetti mo‘’jizaning biri bo‘lmish Toj Mahal – Mumtoz Mahal vasiyatining ijrosigina emas, balki erning xotiniga cheksiz muhabbati, sadoqati ramzidir. Shuning uchun ham uni “Sevgi dostoni”, “Muhabbat va musibat koshonasi” “Oq marmar dostoni” kabi nomlar bilan ta’riflaydilar. Darhaqi qat, qariyb yigirma yil davomida 22 ming ishchi bo‘lgan bu muazzam maqbara uchun SHoh Jahon umrining katta bir qismini, butun dunyosini bag‘ishladi. Maqbara tarxini yaratishda Hindiston, Eron, Turkiya, O‘rta Osiyo, Arabiston, ayrim Yevropa davlatlarining me’morlari, usta-hunarmandlari, rassomlari uzoq bosh qotirishadi. Did-farosati yuksak, san’atni nozik his etuvchi SHoh Jahon tarixlarni sinchiklab o‘rganib, shulardan o‘ziga manzur bo‘lganini tanlaydi. Toj Mahal uchun dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan eng qimmatbaho qurilish va bezak ashyo lari topib keltirilgan. Zumradni olis Rossiyadan, haqiqni Bag‘doddan, granitni Nildan, yoqutni Badaxshondan, feruzani Tibetdan, sadafni Shri Lankadan, marvaridni Hind okeanidan olib kelishgan. Toj Mahalning dastlab ko‘zga tashlanadigan xususiyati uning dunyodagi biron-bir obida bo‘ylasha olmaydigan salobati, viqori edi. U uzoqdan tinch ummonda sezilar-sezilmas chayqalib turgan ulkan kemaga o‘xshab ko‘rinadi. Toj Mahal yorug‘ kunda ham, tunda ham o‘ziga xos tusga kirib tovlanadi. Shuning uchun bu ajoyib tarixiy, badiiy san’at asarini kunduz kuni ham, kechki oydinda ham tomosha qilish maroqli dir. Hind tadqiqotchisi B. Luniya “Toj Mahal Boburiylar san’atining go‘zal guldastasi, dunyoda er-xotin muhabbati, ahil ligi va sadoqati sha’niga bunyod etilgan eng go‘zal, eng mumtoz obidadir” deb yozgan.
Toj Mahal g‘oyat mukammal va go‘zal ishlangan san’at asarining oliy namunasidir. Maqbara odatdagi musulmon an’analariga ko‘ra ikki qavatli qilib qurilgan. Birinchi, asosiy qavatda sakkiz burchakli katta va keng xonadi shoh va malikaning sag‘analari yonma-yon qo‘yilgan. Shoh Jahon sag‘ana toshining yonlariga esa nilufar gullar, lola tasvirlari o‘yib ishlangan, ularga zumrad, yoqut kabi qimmatbaho toshlar qadalgan. Xona devorlariga aylanasiga turli gullar tasviri ishlangan. Gullar tagida esa marmar ichida yana bir qavatda ana shunday tasvir chiroyli – gullar namoyon
Taniqli hind yozuvchisi Krishna Chandr: “Toj Mahalday go‘zal mo‘’jizani tabiatning o‘zi yarata olarmikin? Go‘yo butun Hindiston xalqining mehr muhabbati mujassam bo‘lganu, yaltiroq oq marmardan libos kiyib, mana shu zaminda qad ko‘targan. Nazarimda, Toj Mahal bunyodga kelgandan keyingina yer yuzining husni mukammallik kasb etgan” deb ta’rif beradi.
Toj Mahalni buyuk hind adibi Rabindranat Tagor “Muhab bat ko‘zlaridan tomgan bir qatra yosh bo‘lib, tushgan yeridan qo tib qolgan” degan bo‘lsa, boshqalar marmarlarda jo bo‘lgan orzu deb ta’riflagan. Agra shahri aholisi esa o‘zlarining bu go‘zal obidalarini “Toshdagi gavhar” deya ulug‘laydi.
Avrangzebning o‘g‘li A’zam tomonidan onasi Robiya Durroniy begim xotirasiga Avrangobodda bunyod etilgan maqbarani Hindistonda “Ikkinchi Toj Mahal” deyishadi. Haqiqatan ham bu muazzam va muhtasham obidaning tashqi shakli-shamoyili Toj Mahaldan ko‘chirilgan nusxadek. Bu inshoot o‘g‘ilning onaga bo‘lgan sadoqati, mehr-muhabbati, farzandlik burchining mukammal ifodasidir.
“Toj Mahal” qissasi kitobining mualliflari J. Leshko, M. Jozef, S. Market “1526 yildan to 1707 yilgacha (Boburdan Bahodirshoh I gacha) buyuk sulolaning tojdorlari faqat bunyodkorlik bilan mashg‘ul bo‘ldilar” deb ta’kidlaydilar.
Ingliz olimi Valdeman Xansen: “Hindiston va uning 8 ming yillik tarixi bamisoli bir tovus bo‘lsa, boburiylar sulolasining o‘sha ko‘p ming yillik tarixdagi 332 yillik davri ana shu tovusning gultojidir”, - deb yozadi.
Hindistonga kirib kelgan musulmonlar bu o‘lkaga o‘zlari bilan islom dini, madaniyati, ilm-fani, adabiyoti va san’atini ham olib keldilar. Bu madaniyat, san’at va ilm-fan Hindistondagi qadimiy boy madaniyat bilan uyg‘unlashib, mamlakatning, xalq ongining taraqqiy etishida muhim rol o‘ynadi.
Manbalar
O'zbek tilida:
1.Бойназаров Ф. Қадимги дунё тарихи. Дарслик. 2004.
2. Лафасов М. Жаҳон тарихи (1918-2008). –Т., 2010.
3. Ғофуров А. Ҳиндистон. ФарДУ. 2009.
Rus tilida:
1.Васильев Н. История Востока. 1-2 том. М., 2004.
2. Вигасин А., Дандомаев М. История Древнего Востока. -М., 2001.
3. Новейшая история стран Азии и Африки. ХХ век. -М., 2000.
Hind tilida:
1/\. शैलेन्द्र सेंगर “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक:अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर डिस्ट,२००५
रोमिला थापर “भारत का इतिहास” प्रकाशक:राजकमल प्रकाशन,२००८
2. विपिन चन्द्र “आधुनिक भारत का इतिहास” प्रकाशक:ओरिएंट ब्लेकस्वान,२००९
3. द्दिजेन्द्र्नारायण झा ओर श्रीमाली “प्राचीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: हिंदी माध्यम कार्यन्वय निदेशालय दिल्ली विश्वविधालय,२०१५
4. मानिक लाल गुप्त “मध्यकालीन भारत का इतिहास”, प्रकाशक: अटलांटिक पब्लिशेर्स ओर दिस्त्रिबुतोर्स पवत ल्टड ,२००२
Urdu tilida:
.6ڈاکٹر مبارک علی "جدید تاریخ"، فکشن ہاؤس ،لاہور ، ٢٠٠١
.7محمد علی چراغ "تاریخ ِ پاکستان " سنگ ِ میل ، ٢٠١٢
.8 رماشنکرترپاٹھی "قدیم ہندوستان کی تاریخ " ، قومی کونسل براۓ فروغ اردو زبان ، نئی دہلی ، ١٩٩٨ مترجم :سید سخی حسن نقوی
.9 شیخ محمد رفیق مسعود حیدر بخاری ڈاکٹر عصمت نانر "تاریخ ِپاکستان و ہند "، مسلم دو حکومت ، عہد سلاطین ، نئی دہلی ٢٠٠٠
پاتھی "تاریخ ِ قدیم ہندوستان " نگارشت پبلش.10
11.ڈاکٹر مبارک علی "تاریخ اور آج کی دنیا "، فکشن ہاؤس ،لاہور ٢٠٠٥
.12 ڈاکٹر مبارک علی "بر صغیر میں تاریخ نویسی کے رجحانات "، پاکستان اسٹڈی سینٹر جامعہ کراچی ٢٠٠٧
.13 محمد علی چراغ "پاکستان : تاریخ ، جمہوریت ، سیاست "، مکتبہ جدید ٢٠١٠
.14مولانا ابو ا لکلام آزاد "آزادی ہند " ، مکتبہ جمال ،لاہور ٢٠٠٣
Ingliz tilida
1.Avari Burjor. Islamic Civilization in South Asia: A History of Muslim Power and Presence in the Indian Subcontinent, Routledge, 2013.
2. Faruqui Munis D. The Princes of the Mughal Empire (1504-1719), Cambridge University Press, 2012.
3. Gandhi M.K. Hind Swaraj or Indian Home Rule, Ahmedabad: Navajivan Publishing House, 2014.
4. Nazir Ahmad Chaudhry. Harappa. Sang-e-meel Publications, Lahore, 2002.
5. Hameed. Political Role of Religious Communities in Pakistan. Policy Research Institute. Islamabad, Pakistan, 2008.
6. Afzal Husain. The nobility imder Akbar and Jahangir. A study of Family Groups. -New Delhi, 1999
7. Ali K. A new history of Indo-Pakistan (up to 1526) Karachi, 1993.
8. Burton Stein. A history of India, -Wiley-blackwell, 2010
9. Hermann Kulke, Dietmar Rothermund. A history of India, -London and New York, 2002
10.Mahmood T. The Durand line: South Asias next trouble spot. Monterey.: Naval Postgraduate School, 2005.
11. Peter Lyon. Conflict between India and Pakistan, -Oxford, 2008
Davriy nashrlar:
Bajpai Sh. K. Untangling India and Pakistan // Foreign Affairs. 2003. - Vol. 82. -№ 3. - P. 112-128.
2. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
3. Burns R.N. America's Strategic Opportunity with India. The New U.S. India Partnership // Foreign Affairs. - 2007. - Vol. 86. - № 6. - P. 37-44.
4. Kashmir Dispute: Background // The Ministry of Foreign Affairs of Pakistan. URL: http://www.mofa.gov.pk/Pages/Brief.htm
uz.wikipedia.org