Bobur stadioni
Bobur stadioni (Sobiq Sog'lom Avlod stadioni) — Oʻzbekistonning Andijon shahridagi koʻp maqsadli stadion. Ushbu stadionda turli sport musobaqalari va futbol oʻyinlari oʻtkaziladi. Stadionning uy jamoasi Andijon futbol klubi hisoblanadi. Stadion yuzasi cim bilan qoplangan boʻlib 18,360 kishiga moʻljallangan. Andijon shahridagi „Sog‘lom avlod“ stadioni Andijon viloyati O‘rta maxsus taʼlim boshqarmasiga qarashli. 2006-yilda qurilgan stadion butun shaharning bezagi hisoblanadi. 2007-yilda „Barkamol avlod“ musobaqasi, 2010-yilda „Sog‘lom avlod“ umumo‘zbek Universiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Stadion tribunalari 18360 tomoshabinni sigʻdira oladi.
Tarixi
Stadion yuzasi cim bilan qoplangan boʻlib 18,360 kishiga moʻljallangan. Andijon shahridagi „Sog‘lom avlod“ stadioni Andijon viloyati O‘rta maxsus taʼlim boshqarmasiga qarashli. 2006 yilda qurilgan stadion butun shaharning bezagi hisoblanadi. 2007-yilda „Barkamol avlod“ musobaqasi, 2010-yilda „Sog‘lom avlod“ umumo‘zbek Universiadasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Stadion tribunalari 18360 tomoshabinni sigʻdira oladi.
Tavsifi
Stadionda jami 32ta sektor mavjud boʻlib, 18365 nafar tomoshabinga moʻljallangan. Muxlislarni stadionga kirish xududi bitta joydan, usta eshik orqali kirishlari mumkin boʻladi. Avtoulov bilan stadionga kirish xududi esa 3ta.
Halqaro uchrashuvlar
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasining oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazilgan
Yana qarang
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org