Bobur nomidagi O'sh o'zbek akademik teatri
Oʻsh teatri , Bobur nomidagi Oʻsh oʻzbek akademik teatri — Oʻrta Osiyodagi keksa teatrlardan biri. Dastlab 1914-yili dramatik truppa sifatida tashkil topgan. Jamoa 1929-yil professional teatr maqomiga ega boʻlgan. Tashkilotchilari Rahmonberdi Madazimov, Ibrohim Madazimov, Beknazar Nazarov, Oʻrinboy Rahmonov, Joʻraxon Rahmonov, Abduqodir Ishoqov, Joʻraxon Zaynobiddinov, Isroiljon Ismoilov, Jalil Sobitov kabilar teatrning ilk ijodkorlaridir. Truppaning birinchi toʻlaqonli asari „Turkiston tabibi“ (M. Uygʻur) boʻlgan. Teatr oʻz faoliyati davomida 600 dan ortiq jahon, oʻzbek, qirgʻiz mumtoz va zamonaviy dramaturgiyasidan namunalar sahnalashtirgan. Tojixon Hasanova, Laylixon Moidova, Roziya Moʻminova, Tursunxon Soliyeva, Neʼmatjon Neʼmatov, Tolibjon Badinov, Yorqinoy Hotamova va boshqalarning teatrda gʻoyaviybadiiy jihatdan mukammal milliy sahna sanʼati yaratilishida, teatr oʻz mavqeini mustahkamlashida xizmatlari alohida „Tohir va Zuhra“ (S.Abdulla), „Makbet“ (U.Shekspir), „Alpomish“, „Manas“, „Ravshan va Zulxumor“ (K.Yashin). „Bobur haqida qoʻshiq“ (P. Qodirov), „Ulugʻbekning muhabbati“ (M. Shayxzoda), „Chingizxon olib ketgan sir“ (M.Shaxanov), „Qamchibek“ (S. Jetmishov), „Oʻlmoqchiman homiy kerak“ (M.Gaparov), „Sohibqiron“ (A.Oripov), „Farhod va Shirin“ (Xurshid) va boshqalar eng yaxshi spektakllaridir. 1992-yil teatrga Bobur nomi, 2004-yil „akademik“ nomi berildi.
Joʻraxon Rahmonov, Oytoji Shobdonova, Shavkat Dadajonov, Mahmudjon Rahmatov, Ziyoviddin Jalolov, Umarjon Mamirov, Rejab Tojiboyev, Rasuljon Uraimjonov, Dilorom Soipova, Samida Xolmatova kabilar teatrning yetakchi aktyorlaridir. Bosh rej. Gʻanijon Xolmatov.
Eson Oʻrinov.
uz.wikipedia.org