Boboyev Toʻxtasin
Toʻxtasin Boboyev (1923.23.1, Fargʻona viloyati Jonketmon qishlogʻi — 2000.15.1, Ohangaron shahar) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Belorussiya fronti, 61-armiyasining 81-oʻqchi diviziyasiga qarashli 154-maxsus razvedkachilar rotasida xizmat qilgan. 1943-yil Dnepr daryosidan kechib oʻtgan va qoʻshinlar yetib kelgunga qadar dushmanlar hujumini jasorat bilan qaytarib turgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1944). Urushdan keyin Toshkent yuridik institutini bitirgan (1952). Kolxoz raisi, sovxoz direktori boʻlib ishlagan. 1962-yildan Ohangaron shahrida yashaydi.
Manbalar
uz.wikipedia.org