BOBOYEV TOJIALI
BOBOYEV TOJIALI (1908.10.3 — Marg’ilon — 1984.26.5) — 2-jahon urushi qatnashchisi, kichik serjant. 1943 yildan frontda. 1006-o’qchi polki pulemyotchisi. 1945 yil 19 aprelda Germaniyaning Ringenvald rayonida dushman bilan jang qilib, boshqa qismlarning oldinga siljishiga yordam berdi. Berlin bo’sag’alarida bo’lgan janglarda jasorat ko’rsatdi. Boboyev Sileziya vokzaliga birinchi bo’lib kirdi va uning tomiga bayroq tikdi. Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan (1945). Urushdan keyin Marg’ilonda yashagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz