BOBOYEV SOBIR



BOBOYEV SOBIR (1920.30.12, Toshkent) — kompozitor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1949). 1943-47 yillari O’zbekiston radiosi xorida ishlagan. O’zbekiston Kompozitorlar uyushmasining raisi (1948-55, 1960-65, 1981-85), Samarqand opera va balet teatrida badiiy rahbar va direktor (1966-69), O’zbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1972— 76). 3 opera — “Hamza” (K. Yashin, 1961), “Yoriltosh” (Sh. Sa’dulla, 1967, birinchi o’zbek bolalar operasi), “Fidoyilar” (Sh. Sa’dulla, 1972, 2-tahriri 1984); 8-musiqali drama va komediya, jumladan “Dalada bayram” (Sh. Sa’dulla dramasi, D. Zokirov bilan hamkorlikda, 1954), “Vatan ishqi” (Sh. Sa’dulla, Z. Fatxullin, 1957), “Ikki bilaguzuk” (Sh. Sa’dulla, 1963), “Muhabbat qo’shig’i” (P. Tlegenov, 1980) va boshqalar.; kantata, orkestr asarlari, Navoiy, Mashrab, Nodira hamda zamonaviy o’zbek shoirlari g’azallariga romans va qo’shiklar bastalagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz