BOBOYEV HALIMBOY
BOBOYEV HALIMBOY (1942.10,8, hozirgi Tojikiston Respublikasi, Shahriston tumani) —huquqshunos olim. O’zbekiston Respublikasi fan arbobi (1999), yuridik fanlari Doktori (1993), professor (1994). ToshDU yuridik fakultetini tugatgan (1970), fakultetda o’qituvchi, katta o’qituvchi, dotsent, dekan muovini, kafedra mudiri (1973-91). Toshkent davlat yuridik instituti prorektori (1991 — 92), davlat va huquq nazariyasi kafedrasi mudiri (1992-95), rektori (1995 yildan). Ilmiy ishlari O’zbekiston siyosiy va huquqiy qarashlarning tarixi, davlatchilikning rivojlanishiga bagishlangan. Boboyev O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik kodeksi va boshqa huquqiy hujjatlarni tayyorlashda ishtirok etdi. “O’zbekiston milliy entsiklopediyasi” Bosh tahrir hay’ati a’zosi (1997 yildan). Birinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati (1994-99). O’zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi a’zosi (1999 yildan). As: Amir Temur va Temuriylar saltanati, T., 1996; O’zbek milliy davlatchiligi tarixi, T., 1999.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz