Boboyev Botir Davronovich
Botir Davronovich Boboyev (1914.15.5 — Toshkent — 1984.4.11) — Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, polkovnik. Rostov iqtisod institutini, Xarkov artilleriyachilar bilim yurtini bitirgan. 1942-yildan frontda. 118gvardiyachi artilleriya polki batareya komandiri. Boboyev 1945-yil yanvarda Oborniki qishlogʻida dushmanning qarshi hujumini qaytarib, oʻz batareyasini dushman roʻparasiga olib chiqib jang qilgan. Koʻrsatgan jasorati uchun Qahramon unvoniga sazovor boʻlgan (1945). Boboyev urushdan keyin Germaniyadagi sovet harbiy maʼmuriyatida xizmatni davom ettirdi (1945—1947). Toshkent shahri, Shayxontohur tumani harbiy komissari (1952—1972). Respublika urush va mehnat faxriylari kengashi Toshkent seksiyasining raisi (1972-yildan) lavozimlarida ishlagan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org