Boborahim Mirzayev
Boborahim Mirzayev (1907 — Margʻilon — 1957) — xonanda (bariton), Oʻzbekiston xalq artista (1942). Moskva oʻzbek opera studiyasida oʻqigan (1936). Oʻzbek davlat konsert-etnografik ansamblida (1926—29), Oʻzbek davlat musiqali teatrida (1929—39), Navoiy teatrida (1939—49), Oʻzbek davlat filarmoniyasida (1949—55) yakkaxon xonanda. Dardli, hishayajonlarga boy ovozi bilan tanilgan. Soʻz va ohang ravonligi, nola va krchirimlardan mo-xirona foydalanish M. uslubiga xosdir. Musiqali dramalarda Asqar ("Arshin mol olon"), Neʼmat ("Halima"), Farhod ("Farhod va Shirin"), Qodir ("Gulsara") kabi rollarni, operalarda Er Targʻin, (Ye. Brusilovskiy, "Er Targʻin"), Hasanxon (A. Magomayev, "Nargiz"), Eskamilo (J. Bize, "Karmen") kabi partiyalarni ijro etgan. M. repertuaridan oʻzbek mumtoz ashula yoʻllari ("Tanavor", "Dugoh", "Chorgoh II, III, IV", "Bayet II" va boshqalar) hamda xalq qushiqlari oʻrin olgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org