Bobooxun Salimov
Bobooxun Salimov (shuningdek
Bobo-oxun ) (1874-1929) — Xiva xonligi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi davlat arbobi.
1874-yilda Gurlen qishlogʻida Salimohunlar oilasida tugʻilgan. Tugʻilganda uning ismini Muhammad Karim qoʻyishgan, keyin esa hurmat-ehtirom uchun unga Bobo oxun laqabini berishgan. Boshlangʻich taʼlimni olgach, Xivadagi Olloqulixon madrasasida oʻqishni davom ettirdi. Arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. Madrasada mudarris bo'lib dars bergan.
1910-1918-yillarda Xiva xoni Asfandiyorxon davrida Bobooxun Salimov mamlakatning Qozi-kalon (oliy qozi) va shayx ul-islomi lavozimlarida ishlagan.
1917-yilda Xiva majlisi raisi boʻldi.
1918-1920-yillarda Toʻrtkoʻlda yashab, „Yosh xivaliklar“ partiyasiga aʼzo boʻldi. 1920-yilda Xorazm Xalq Sovet Respublikasini tashkil etishda qatnashib, adliya vaziri etib tayinlanadi. 1924-yilda Xorazm ruhoniylarining birinchi qurultoyini chaqirish va oʻtkazishga rahbarlik qildi. U mamlakatning erkin demokratik rivojlanishi tarafdori edi.
1920-yilda Xorazm Xalq Respublikasi tashkil qilishda qatnashib, shu yili Rossiya davlati bilan shartnoma tuzish uchun Xorazm davlati tamonidan delegatsiya rahbari bo'lib jo'natiladi.
Mullo Bekchan bilan birgalikda maktab o'quvchilari uchun alifbe, o'qish kitoblari yozgan
1920-yillar oxirida Sovet hukumati tomonidan ziyolilarga nisbatan taʼqib qilinishi natijasida u davlat ishlaridan chetlashtirildi. 1929-yili 10 -mayda davlat xodimlari tamonidan uyiga bostirib borib otib tashlanadi, oila a'zolariga ham hujum qilinadi. Bobo oxun Salimov Qaroqalpog'iston Respublikasining Amudaryo tumanidagi Jumurtog' etagidagi Salomat bobo qabristoniga dafn qilingan..
Adabiyotlar
Manbalar
uz.wikipedia.org