BOBONAZAROVA SANOBAR



BOBONAZAROVA SANOBAR (1950.15.3. Namangan tumanining Sho’rqo’rg’on qishlog’i) — O’zbekiston Respublikasi xalq o’qituvchsi (1998). Namangan pedagogika institutining Filologiya fakultetini tugatgan (1973). 1969 yildan Namangan tumanidagi 8-o’rta maktabda o’zbek tili va adabiyoti o’qituvchisi. Bobonazarova darslarni ko’rgazmali qurollar, texnika vositalari asosida tashkil etadi. Bobonazarova o’z darsida yoshlarga Vatan tuyg’usini, milliy qadriyatlar va mafkurani singdirishda yangi uslublarni qo’llaydi. Maktab “Yosh ijodkorlar” to’garagi rahbari Bobonazarova o’quvchilari bir necha marta olimpiadalarda faxrli o’rinlarni egalladi. Uning she’riy kitoblari nashr qilingan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz