Bobomurod Hamdamov




Bobomurod Hamdamov (1940-yil 4-mart, Chorjoʻy, Turkmaniston SSR, SSSR) – sovet, oʻzbek va turkman xonandasi, Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti. Oʻzbek sanʼatining klassik hofizi va ustozi, „Doʻstlik“ ordeni sohibi.

Biografiyasi



Bomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmaniston SSRning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. Bolaligidan qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrgan. Asosan Bomurod Hamdamov 4 tilda: o‘zbek, turkman, tojik va hind tilida xalq qoʻshiqlarini ijro etgan. Oʻrta maktabni tugatgandan keyin koʻtarma kranchilar tayyorlayidagn qisqa kursni oʻqib, qurilishga ishga kirgan. Ammo qoʻshiq aytishni yaxshi koʻrgani uchun ishni tashlab ketgan. Dastlab hincha qoʻshiqlar aytgan, chunki ovozi hindchaga yaqin boʻlgan. Ustozi Komiljon Otaniyovzning Toshvouzdagi ansamblida ishlagan.

Oilasi



Turmush oʻrtogʻi Jumagul Rajapova (2022-yilda 79 yoshida vafot etgan), ularning besh oʻgʻli va bir qizi bor. Oʻgʻillaridan birining ismi Shamsiddin. Ikki oʻgʻli Turkmanistonda istiqomat qilishadi.

2020-yil sentyabr oyida Bobomurod Hamdamovning qizi firibgarlik yoʻli bilan ota-onasining uyi va mashinasini oʻzlashtirib olgan. Bobomurod Hamdamov va uning rafiqasi qizining firibgarlik harakatlari qurboni boʻlishgan, lekin keyinchalik bu holat haqiqatga toʻgʻri kelmasligi, kelini Nargiza Abduqayumovaning (kenja oʻgʻilning xotini) hamma narsaga aralashib, qizi va ota-onasi oʻrtasida nizo qoʻzgʻatganligi maʼlum boʻladi va bu bilan kelini butun Hamdamovlar oilasini sharmanda qiladi. 2022-yil dekabr oyidan beri Hamdamov Bobomurod qizi bilan yashab keladi va qizi bilan munosabatlari yaxshi, biroq turmush oʻrtogʻi kelinining qoʻlida vafot etgan.

Ijodidan foydalanish



Bomurod Hamdamov Komilon Otaniyozovning shogirdi hisoblanadi. Bobomurod Hamdamov qoʻshiqlari va ijodi oʻzbek sanʼatining „oltin fondi“ga kiritilgan. 2022-yil 1-avgustdan boshlab hukumat tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining „Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida“gi qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga (1034-modda) muvofiq Bobomurod Hamdamov, Sherali Joʻrayev va Abdurauf Olimov asarlaridan litsenziya shartnomasi tuzmasdan har qanday shaklda va usulda foydalanish taqiqlandi.

Yubileyi



2010-yilda Oʻzbekistonda Hamdamovning ikki yubileyi keng nishonlandi: ijodining 50 yilligi va tavalludining 70 yilligi. Bobomurod Hamdamov oʻzining 70 yillik yubilyeyini ikki joyda tugʻilgan joyi Turkmanistonda va sanʼatkor boʻlish yetishgan Xorazmda nishonlagan.

Mukofot va unvonlari




Xalqaro jamiyatdagi nufuzi



Hamdamov mashhur aktyor Raj Kapur bilan doʻstona munosabatda boʻlgan. U bilan Moskva (1967-yil) va Toshkentdagi kinofestivallarda uchrashib samimiy muqolot qilgan. Bobomurod Hamdamov Turkmaniston va Tojikiston Respublikalarida muntazam konsert dasturlarini berib kelgan.

Jamiyatdagi nufuzi



Bobomurod Hamdamovni dunyoning koʻplab mamlakatlarida muxlislari boʻlib, uning qoʻshiqlari va ijodini sevib tinglashadi. Qoʻshiqlari orasida „Kim ekan“ va „Lazgi“ qoʻshiqlari barcha yosh vakillarining sevimli taronalaridan biri sifatida hirgoya etiladi.

Ustoz sanʼatkor koʻp yillik tanaffusdan soʻng 2016-yil sentyabrda yana katta sahnaga qaytib, oʻz muxlislarini ijodi bilan xushnud etib kelmoqda.

Manba




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz