Bobomurod Daminov





Bobomurod Daminov (1913-yil Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Doʻstberdi qishlogʻi) — isteʼdodli oʻzbek adabiyotshunosi.

Tarjimai holi



Yozuvchi Bobomurod Daminov 1913-yilda Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani, Doʻstberdi qishlogʻida kambagʻal dehqon oilasida dunyoga keldi.
Oʻrta maʼlumot olgach Samarqand davlat universiteti va Moskvada Oliy Partiya maktabida tahsil oldi. Buxoro va Samarqand viloyatlarida tuman partiya qoʻmitasida, sovxoz direktori, kolxoz raisi lavozimlarida xizmat qildi. U kishi 2005-yilda vafot etdi.

Ijodi



Bobomurod Daminov muntazam ijod bilan ham shugʻullanib keldi. Uning „Odamdan yaxshi nom qolsin“, „Momo yer nafasi“, „Bobo dehqon“, „Adolat, senga taʼzim“, „Tomir“, „Tugallanmagan portret“, „Abadiyat lahzalari“ nomli kitoblari nashr etildi. „Ishonish kerak“ romani „Ruxsora“ qissasi va qator hikoyalari sobiq ittifoq poytaxti Moskvadagi „Sovetskiy pisatel“ nashriyotida rus tilida koʻp ming nusxada nashr etildi. Adib 70 yoshdan oshganida 4 jilddan iborat „Peshonada bori“ („Endi gingshima“, „Taqdir oʻyini“, „Jang maydoni“, „Tosh boʻlsina“) tetrologiyasini yozishga kirishdi va uni 25 yil mobaynida yozib tamomladi.

Asarlar mohiyati



Yozuvchi oʻz asarlaridagi qahramonlarini yaxshi koʻradi va mehr, zavq-shavq bilan tasvirlaydi. Isteʼdodli adib Bobomurod Daminov ijodida badiiy ifodalay olish jarayoni oʻzgacha bir tarzda kechishini kuzatish mumkin. „Peshonasida bori“ romanida azaliy insoniy munosabatlar mavzusi tasvirlangan. Romandagi qahramonlarga yangicha bir nigoh bilan qaraydi. Uning asarlarida qahramonlar harakati va voqealar jarayoni hayotiy voqealar bilan uygʻunlashib ketadi. Kitobxon romanni oʻqir ekan asar qahramonlari bilan birga yashaydi, ularning yutuqlaridan xursand boʻladi. Shu oʻrinda Bobomurod Daminov tilga shunday tarif beradi:„Til — xalqning ruhi, joni. Xalqning xalq boʻlib qolishining asosiy sabablaridan biri ham bu — til“.

Mukofotlari




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz