BOBODEHQON
BOBODEHQON — 1) dehqonchilik kasbining ustasi, Mirishkor, tajribali keksa dehqon. Dehqonchilik ishlariga mohir, o’z ishining sohibi bo’lgan dehqonlarni O’rta Osiyoda qadimdan Bobodehqon deb atashgan. Kishilar dehqonchilikda ulardan maslahatlar olishgan, ularning izidan borishga odatlanishgan; 2) O’rta Osiyo xalqlari orasidagi rivoyatlarga ko’ra, dehqonchilik homiysi, piri. Xalq orasida ekin ekish, o’rishyig’ish vaqtida ” Bobodehqon qo’llasin”. ” Bobodehqonning quli” deb aytish shuning natijasidir.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz