Bobo Xoʻjayev




Bobo Xoʻjayev (15-iyun 1916 Toshkent — 3-yanvar 1993) —aktyor, rejissyor Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Moskva oʻzbek drama studiyasini tugatgan (1930). 1930—32 yillar Buxoro teatrida aktyor va rejissyor 1932—56 yillarda respublikaning turli teatrlarida ishlagan. 1956—77 yillar Oʻzbekiston televideniyesida rejissyor. Aktyor sifatida Gʻofir ("Boy ila xizmatchi"), Kalaf ("Malikai Turandot"), Karl Moor ("Qaroqchilar") kabi obrazlar yaratgan. "Uylanish" (N. Gogol), "Hamlet" (U. Shekspir; M. Uygʻur bilan hamkorliqsa), "Farhod va Shirin" (Xurshid), "Gulsara" (K. Yashin), "Maysaraning ishi" (Hamza; M. Miroqilov bilan hamkorlikda), "Skapenning nayranglari" (Molyer), "Front" (A. Korneychuk) va boshqa spektakllarni sahnalashtirgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz