BOBO TIL — bir oilani tashkil qiluvchi, genetik jihatdan o’zaro bog’liq tillar kelib chiqqan qad. til. Masalan, turkiy tillar, xususan o’zbek tili tarixi Oltoy bobo tilidan boshlanadi. Manbalarda ko’rsatilishicha, Oltoy bobo tili ilk bor tungusmanjur va turkmo’g’ul tillariga, so’ng turkmo’g’ul tili o’z navbatida turk va mo’g’ul tillariga ajralgan va hokazolar. Shuningdek lotin tili roman tillar, ya’ni frantsuz, italyan, ispan, rumin va boshqa tillar uchun Bobo til hisoblanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish