Bobo (tasavvufiy atama)




Bobo - Tasavvufiy atama. Tasavvuf tariqatiga oid adabiyotlarda atama keng istifoda etilgan. Atama bektoshiylik, yassaviylik, haydariylik va qalandariylik tariqatlari shayxlari, xalifalar va ayrim majzublarga nisbatan ishlatilgan.

So‘z “ulug‘”, “yetakchi”, “murshid” ma’nolarini anglatgan, tariqatlarda kamolga yetgan shayx va darveshlarga nisbatan qo‘llanilgan.

Mazkur atamani birinchi bo‘lib Bobo Ilyos Xurosoniy qo‘llagan. U o‘z tarafdorlari orasida bobo unvoniga sazovor bo‘lgan.
XI asrdan boshlab, bobo unvoni Eron va Ozarbayjon hududlarida qo‘llanila boshlangan. XII asrga kelib esa, yassaviylikdagi darveshlar orasida ham keng tarqalgan. Xususan, qalandariylikda «bobo» deb shayx darajasiga erishgan kishiga aytilgan, ya’niy ushbu tariqatda bobo bu - ruhiy ota, yo‘lboshlovchi shaxs, pirlik maqomi, qalandar egallashi lozim bo‘lgan bir daraja hisoblangan. Bu nomga yetishgan insonlarni majnun, payg‘ambarlarning xalifalari ham deb ataganlar.
Bundan tashqari tasavvufiy she’rlar yozgan mashhur shoirlar ham o‘zlariga bobo taxallusini berganlar. X-X1 asrlarda yashab ijod etgan Bobo Tohur Uryon, Bobo Kuhiylar shular jumlasidandir.

Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz