Bobo Sungu




Bobo Sungu – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Xurosonning Andxud qasabasida yashagan majzub darvesh. Amir Temur bilan suhbatda boʻlganida, unga ishora tili bilan Xurosonni fath etishini bashorat qilgan. Bobojon Bobo va Bobo Ibrohim Andxudda uning vafotidan keyin darveshlik tariqatini davom ettirgan. Alisher Navoiy davrida ham ularning takyaxonasi obod va maʼmur boʻlgan. Ushbu shayx haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz