Bobo Shihob




Bobo Shihob – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan majzub darvesh. Navoiyga zamondosh. Afgʻonistondagi baluj qavmidan. Togʻasining qiziga oshiq boʻlib, junun savdosiga giriftor boʻlgan. Navoiy qabuliga bir kuni chirkin kiyimda kelganida undan irganganini koʻrib, ushbu baytni oʻqigan ekan:

Man on jo nishinam, ki royi man ast,

Na on jo nishinam, ki joyi man ast.

(Mazmuni: Men oʻz oʻrnimga emas, xohlagan joyimda oʻtiraman).

Qachon, qayerda vafot etgani nomaʼlum. Ushbu darvesh haqidagi faslni “Nasoyim ul-muhabbat”ga Navoiyning oʻzi yozib, kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz