Bobo savdoyi




Bobo savdoyi (taxalluslari Xovariy, Savdoyi) (15-asr, Abivard) — shoir. B. S. qasidanavislikda mashhur boʻlgan. Boysunqur Mirzo saroyida xizmat qilgan, malik ushshuaro unvoniga ega boʻlgan. Abivardlik shoirlarga ustozlik qilgan. Sheʼrlarida ayrim yuqori tabaqa vakillarini tanqid qilgan. Boysunqur Mirzoga yozgan qasidalarida podshohni oddiy xalqqa shafqat qilishga chaqirgan. Shoir haqida Navoiy ("Majolis unnafois"), 3. Vosifiy ("Badoye ulvaqoye") asarlarida maʼlumot bor.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz