Bobo mirak qo`zg`oloni




Bobo mirak qoʻzgʻoloni — Buxoro xonligida shayboniylarta qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (16-asr 40- yillari). Yirik yer egalari. viloyat hokimlarining markaziy hokimiyatga boʻysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson shahrida joʻybor xojalariaai Abul Baqoning togʻasi Bobo Mirak umumxalq qoʻzgʻoloniga rahbarlikni oʻz qoʻliga olgan. Qoʻzgʻolon shu qadar kuchli tus olganki, birinchidan, unga qarshi barcha shayboniy xonlar va sultonlar jam boʻlib otlanishgan, ikkinchidan, qoʻzgʻolonchilar va shayboniylar qushini oʻrtasidagi kurash uch oy davom etgan. Nihoyat, shayboniylar ustun kelib kosonliklarning qarshiligini sindirishgan, ular shaharga bostirib kirib aholini qatli om qilishgan, Bobo Mirak qoʻlga olinib azoblab qatl etilgan.

Manbalar




Adabiyotlar






uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz