BOBO MIRAK QO’ZG’OLONI
BOBO MIRAK QO’ZG’OLONI — Buxoro xonligida shayboniylarta qarshi ko’tarilgan xalq qo’zg’oloni (16- asr 40-yillari). Yirik yer egalari. Viloyat hokimlarining Markaziy hokimiyatga bo’ysunmasliklari natijasida Buxoro xonligidan ayrim viloyatlar (Balx, Samarqand) qatori kichik shaharlar ham ajralib chiqa boshlagan. Qarshi viloyatining Koson shahrida Jo’ybor xojalaridan Abul Baqoning tog’asi Bobo Mirak umumxalq qo’zg’oloniga rahbarlikni o’z qo’liga olgan. Qo’zg’olon shu qadar kuchli tus olganki, birinchidan, unga qarshi barcha Shayboniy xonlar va sultonlar jam bo’lib otlanishgan, ikkinchidan, qo’zg’olonchilar va Shayboniylar qushini o’rtasidagi kurash uch oy davom etgan. Nihoyat, Shayboniylar ustun kelib kosonliklarning qarshiligini sindirishgan, ular shaharga bostirib kirib aholini qatli om qilishgan, bobo Mirak qo’lga olinib azoblab qatl etilgan. Ad.: Axmedov B., Istoriko geograficheskaya literature Sredney Azii XVI—XVIII vv. Pismennie pamyatniki, T., 1985, s. 180.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz