BOBO ISHOQ QO’ZG’OLONI



BOBO ISHOQ QO’ZG’OLONI — Saljuqiylar hokimiyatiga qarshi Bobo Ishoq boshchiligida ko’tarilgan qo’zg’olon (1239-41). Qo’zg’olon dastlab mamlakatning bir chekkasida boshlanib, keyinchalik Malatiya, Sivas, Toqot, Amosiya sh.larini ham qamrab oldi. Bobo Ishoq Sulton G’iyosuddin Kayxusrav II qo’shini ustidan g’alaba qozongach, o’zini xalifa deb e’lon qildi, ammo oradan ko’p o’tmay, saljuqiylarga yollangan kishilar tomonidan qatl etilgan. Qo’zg’olon 1241 yilda mag’lubiyatga uchradi, uning qatnashchilari yoppasiga qirib tashlandi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz