BOBO DIULASO



BOBO DIULASO (Bobo Dioulasso)— Burkina Faso Janubi g’arbidagi shahar, o’z provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 229 ming kishidan ziyod. Transport yo’llari tuguni. Xalqaro aeroport bor. Mamlakatning iqtisodiy markazi. O’simlik moyi, sovun, pivo korxonalari, paxta tozalaydigan va sholi oqlaydigan korxonalar, gugurt va sigareta fabrikalari bor. Hunarmandchilik (gilam to’qish) rivojlangan. Bobo Diulaso atrofida yirik kvarsitli gil qatlamlari bor.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz